Biz haqimizda

KONOFLEX -"SINO PLAST" MChJ ning yumshoq qadoqlar ishlab chiqarishdagi savdo belgisi hisoblanadi. Kompaniya 2011 yilda tashkil etilgan. Kompaniya o'z faoliyatini BOPP, PE (PBP/YBP), CPP va boshqa polimer plyonkalardan qadoqlash paketlar ishlab chiqarishdan boshladi.

 

Kompaniya etishgan yutuqlar bilan cheklanib qolmaydi va O'zbekiston bozorida yumshoq qadoqlash va polimer mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasida jadal rivojlanmoqda.

 

SINO PLAST korxonasida fleksografik va rotogravur bosma, laminatsiya, qadoqlash paketlari, polietilen plyonkalar va boshqa polimer mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan bir nechta ishlab chiqarish maydonchalari mavjud.

 

Kompaniya uskunalari parkida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari uchun qadoqlash ishlab chiqarishda imkon beruvchi dunyoda etakchilardan sanalgan fleksografik bosma uskunalarini ishlab chiqaruvchi «Fischer & Krecke»/«BOBST» (Germaniya) markali bosma uskunasi, Beiren markali rotogravur bosma va laminatsiya uskinasi,  «Reifenhäuser» markali (Germaniya) plyonka chiqaruvchi ekstruderlar, «Atlas Converting»/«TITAN» (Angliya) markali plyonka kesuvchi mashinalar va boshqalar kabi yuqori texnologiyali va yuqori samarali uskunalar bilan jihozlangan.

 

Kompaniyamizning asosiy faoliyati turli xil mahsulotlar uchun yumshoq qadoqlash materiallari ishlab chiqarishdir. O'zbekiston bozorida polimer mahsulotlari sohasida katta tajribaga ega bo'lgan kompaniya fleksografik / rotogravyur bosma ishlarida va laminatsiya sohasida chuqur bilimlarga ega.

 

Kompaniyaning bosh maqsadi - bu o'zining professionalligi, yuqori tayyorgarligi va o'zaro manfaatli sharoitlarda yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish orqali o'zini namoyon etish uchun doimiy intilishdir.